preloader
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkor Mengnor Ollomurodov Xorazmda
28.11.2025 53

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkor Mengnor Ollomurodov Xorazmda

Shoir Mengnor Ollomurodov dastlab Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi o‘quvchilar bilan uchrashdi. O‘quvchilar she’rlar o‘qib berdilar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shundan so‘ng Al-Xorazmiy universitetida talabalar hamda Al-Xorazmiy maktabi o‘quvchilari bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida universitet hovlisida ramziy ma’noda daraxt ham ekildi — bu nafaqat xotira timsoli, balki ekologiya uchun qo‘shilgan kichik, ammo ma’noli hissa sifatida talqin qilindi. Tadbirda ustoz shoir Qurbon Muhammadrizo hamda ustoz jurnalist Dilbar Bekchanovaning ishtiroki esa uchrashuvga alohida badiiy ruh bag‘ishladi.

Kun yakunida ijodkorlar Xiva shahriga yo‘l oldilar. Ogahiy ijod maktabidagi yoshlar bilan uchrashuv, Ichan qal’aning qadimiy manzaralari orasida suhbat va sayohat — barchasi mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi.

Mengnor Ollomurodov — 1955 yilda tug‘ilgan, o‘zbek she'riyatining sezilarli vakillaridan biri. Shoirning “Yuragimda yig‘lab turgan qiz”, “Sevgi daraxtining guli”, “Arzimni o‘g‘limga yetkar”, “Navro‘z yoki siz istagan kelin keldi” kabi kitoblari keng kitobxonlar e’tiborini qozongan.