Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi yuzasidan keng jamoatchilik muhokamasini tashkil etish maqsadida talabalar orasida “Fikrlar marafoni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar Davlat dasturi loyihasi mazmuni bilan tanishib, undagi ustuvor yo‘nalishlar, yoshlar, ta’lim, mahalla va jamiyat taraqqiyotiga oid masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.
Ochiq muloqotlar jarayonida talabalar tomonidan ilgari surilgan takliflar kelgusida amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar fikri – kelajak islohotlarining muhim tayanchi!